London Kremlga yaqin oligarxlarni belgiladi, ro‘yxatda Alisher Usmonov ham bor

London Kremlga yaqin oligarxlarni belgiladi, ro‘yxatda Alisher Usmonov ham bor
Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari Kremlga yaqin deb hisoblanuvchi rossiyalik tadbirkorlarga bosimni kuchaytirish niyatida. Bu haqda The Daily Telegraph\'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan Roman Abramovich, Alisher Usmonov, Oleg Deripaska, Igor Sechin, shuningdek, Boris va Arkadiy Rotenberg joy oldi.

Nashrning xabar berishicha, ro‘yxat bosh vazir Tereza Meyga taqdim etilgan va u hujjatni ma’qullagan. Endi London ro‘yxatni ittifoqchi davlatlar maxsus xizmatlariga topshirishni rejalashtirmoqda.

Nashrning Britaniya hukumatidagi manbasi aniqlik kiritishicha, ko‘rsatilgan shaxslarga Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda erkin harakatlanish va ishlash cheklab qo‘yiladi. Bu kampaniya GRU sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganiga javob bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.