Bosh vazirning sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Bosh vazirning sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Duyshenbek Zilaliyev noqonuniy ravishda boyishda gumonlanib qo‘lga olindi.

Ta’kidlanishicha, Zilaliyev mol-mulki haqidagi deklaratsiyalar tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin qo‘lga olingan.

«Aniqlanishicha, [gumonlanuvchida] kelib chiqish shubhali va aniqlanmagan, yirik pul mablag‘lari ko‘rinishidagi aktivlar hamda mulklar bor. Ular uning rasmiy daromadlaridan sezilarli darajada ko‘p», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti poraxo‘rlar omma oldida sharmanda qilinishi kerakligini aytgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.