17 yoshli Kayya Gerber "Yil modeli" deb e’tirof etildi

17 yoshli Kayya Gerber "Yil modeli" deb e’tirof etildi
Britaniya moda kengashi The British Fashion Council «Yil modeli» unvonini amerikalik model Kayya Gerberga topshirdi. Bu haqda The Telegraph\'ga tayanib Daryo xabar berdi.

British Fashion Awards 2018 taqdirlash marosimi 10 dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan. Afsonaviy supermodel — Sindi Kroufordning 17 yoshli qizi Kayya Gerberdan tashqari, unvonning 2017 yildagi sohibi britaniyalik Advoa Aboax, sudan-avstraliyalik model Adut Akech, amerikalik Bella Xadid va kanadalik fotomodel Vinni Xarlou g‘oliblik uchun kurashgan.

Mukofotni Gerberga britaniyalik qo‘shiqchi Rita Ora topshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.