Ponaldu: «Zo‘rlash ayblovlari — yoqimsiz holat, ular oilamga zarar keltirmoqda»

Ponaldu: «Zo‘rlash ayblovlari — yoqimsiz holat, ular oilamga zarar keltirmoqda»
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘ziga bo‘lgan zo‘rlash ayblovlariga nisbatan oilasining munosabati haqida gapirdi, deb xabar berdi Daryo nashri.

«Zo‘rlash ayblovlari — yoqimsiz holat, ular mening oilamga zarar keltirmoqda. Vijdonim toza, men xotirjamman. Yaqinda siz haqiqatni bilib olasiz », — dedi Ronaldu Record’ga bergan intervyusida.

Kuzda amerikalik model Ketrin Mayorga 2009 yil iyun oyida Ronaldu uni Las-Vegasda zo‘rlaganini e’lon qilgandi. 2010 yilda Mayorga futbolchining advokatlari bilan kelishuv shartnomasini imzolagan va jim yurishi uchun 375 ming dollar olgan. 2018 yilda Mayorga hamma narsa haqida batafsil ma’lumot berdi. Sentyabr oyida militsiya ishni qaytadan ochdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.