Rossiyaning Novocherkassk shahrida 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi

Rossiyaning Novocherkassk shahrida 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi
Rossiyaning Novocherkassk shahrida 1-qavatida Sberbank shoxobchasi va bouling-klubi bor bo‘lgan ko‘ngilochar markaz joylashgan 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi.

DonDay nashri ma’lumotlariga ko‘ra, voqea soat 18:30 atrofida yuz bergan. Ta’kidlanishicha, binoning hozirda ishlamaydigan Sberbank filiali ustidagi qismi qulab tushgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, falokat bank ofisida bino rejasi o‘zgartirilgani sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bouling-klubda bino qulashi vaqtida odamlar bo‘lgan. Ular beshikast tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Qutqaruvchilarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozircha binoning qulagan qismida odamlar bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lumligicha qolmoqda, biroq guvohlarning aytishicha, xonalarda chiroq yoqiq bo‘lgan.
Rossiyaning Novocherkassk shahrida 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi
Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni tonggi soat 4 da Rossiyaning yana bir shahri – Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning pod’ezdlaridan biri qulab tushgandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 39 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.