Xitoy qurilmasining Oyga qanday qo‘ngani haqidagi video e’lon qilindi

Xitoy qurilmasining Oyga qanday qo‘ngani haqidagi video e’lon qilindi
Xitoy milliy koinot boshqarmasi “Chan’e-4” avtomatik sayyoralararo stansiyasining Oyning orqa tomoniga qo‘nishi videosini e’lon qildi.
Videoda qo‘nishning asosiy bosqichlari: orbitadan chiqish uchun tormozlash, qo‘nish vaqtida manyovrlar bajarish, qo‘nish joyi ustida muallaq turish va qo‘nish tasvirlangan.

“Chan’e-4” qurilmasi fazoga 2018 yil 7 dekabrda Changzheng 3B raketasi yordamida olib chiqilgan. 12 dekabrda qurilma Oy atrofidagi orbitaga chiqib, 3 yanvarda unga qo‘nishni amalga oshirgan. Qurilmaning qo‘nish joyi sifatida Oyning janubiy qutbi yaqinidagi Fon Karman kraterining janubiy qismi tanlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.