Eng og‘riqli go‘zallik taomillari (foto)

Eng og‘riqli go‘zallik taomillari (foto)
Go‘zallik qurbonlik talab qiladi, ba’zida esa bu qurbonlik ortiqcha hamdir, deya yozmoqda Darakchi nashri.
Quyida turli mamlakatlardagi go‘zallikning og‘riqli taomillari bilan tanishishingiz mumkin.
Habashiston
Eng og‘riqli go‘zallik taomillari (foto)
Habashistonning mursi qabilasi ayollari o‘z yuzlarini maxsus plastinkalar bilan bezashadi, ya’ni bu plastinkalar pastki labga o‘rnatiladi. Plastinka qanchalik katta bo‘lsa, ayol yoki qiz shunchalik go‘zal hisoblanadi va turmushga qichish imkoniyati ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ushbu taomil ming yillik o‘tmishga borib taqaladi, ammo bugungi kunda ham qabilada ushbu amaliyotni bajarib kelayotganlar topiladi.
Myanma
Eng og‘riqli go‘zallik taomillari (foto)
Myanmada go‘zallikning yuksagi uzun bo‘yinlar hisoblanadi. Padaung elati qizlarining besh yoshlaridanoq bo‘yinlariga spiral metall simchiviqlar kiygizishadi.

Yosh o‘tgan sari simchiviq o‘rami ko‘payib boraveradi.
Shuningdek, mazkur xalq vakillari Tayland hududida ham yashaydilar.
Xitoy
Eng og‘riqli go‘zallik taomillari (foto)
Xitoyda ayol va qizlar oyoqlarini bintlash X asrdan XX asr boshigacha qo‘llanib kelingan. Qizlarning oyoq barmoqlari bint yordamida bukilgan, bu bilan esa oyoqning o‘sishi to‘xtatilgan. Oqibatda qizlar mustaqil harakatlanishdan mahrum bo‘lishgan. Lekin o‘sha paytlarda ayollarga buning keragi ham bo‘lmagan. Uning vazifasi uyda o‘tirib, erining hayotini farovon etish bo‘lgan.

Kichik o‘lchamdagi oyoqli kelinlar naq oltinga teng bo‘lgan, shakli yuqoridagi tarzda o‘zgartirilgan oyoqlar esa oltin nilufar hisoblangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.