Avstraliya qirg‘oqlarida topilgan mavjudot internet foydalanuvchilarini hayratga soldi

Avstraliya qirg‘oqlarida topilgan mavjudot internet foydalanuvchilarini hayratga soldi
Foto: «RIA Novosti»
Internetda tarqalgan dengiz mavjudotining suratlari foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo‘ldi. Mavjudot Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels plyajidan topilgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Xantal rangidagi hayvon odatiy dengiz hayvonlarinikiga o‘xshamagan noodatiy shaklga ega.
Internet foydalanuvchilari jonzotning kelib chiqishi bo‘yicha turli taxminlarni ilgari surgan. Ba’zilar uni meduzaning bir turi deb atab, uning aniq qaysi turga kirishini aniqlay olmagan.

Ekspertlarning fikricha, suratda Jelly blubber turidagi meduzaning yuqori qismi aks etgan, noodatiy shakl esa deformatsiya natijasida yuzaga kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.