Xitoy dunyodagi eng qirg‘inbarot raketani namoyish qiladi

Xitoy dunyodagi eng qirg‘inbarot raketani namoyish qiladi
Xitoyning “sirli va eng mukammal” qit’alararo ballistik raketasi DF-41 Pekinda 2019 yil 1 oktyabrda Xitoy tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda namoyish qilinishi mumkin. Bu haqda CCTV’ga iqtibos keltirgan holda Global Times nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, xitoylik harbiylar yanvarda DF-41’ning sinovlarini davom ettirishgan.
CCTV telekanalida ta’kidlanishicha, Xitoy ballistik raketalarining uch avlodi (DF-5, DF-31 va DF-41) bir necha o‘n metr og‘ish bilan 10 ming kmdan ziyodroq uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila olishi mumkin.

DF-41 Xitoyning eng kuchli raketasi hisoblanadi. Turli manbalarga ko‘ra, uning uchish uzoqligi 13-15 ming kmni tashkil qiladi. Taxmin qilinishicha, raketa 25 Max soni (1 Max taxminan 1200 km/soat) tezligida ucha oladi va 12 ta individual nishonga olish blokiga ega, bo‘linuvchi kallakni tashishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.