Aravonda 3 metrli boʻgʻma ilon topildi (video)

Aravonda 3 metrli boʻgʻma ilon topildi (video)
Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Aravon tumanida 3 metrli oʻlik boʻgʻma ilon topildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Uning maʼlumotlariga koʻra, ilon Oʻzbekiston bilan chegaradagi Jeke-Miste qishlogʻida, Fargʻona kanalining yonidan topilgan.
Aravonda 3 metrli boʻgʻma ilon topildi (video)
Qishloq veterinari Mamatrayim Tojiboyevning taʼkidlanishicha, boʻgʻma ilon, katta ehtimol bilan, qoʻshni davlatdan kanal orqali suzib kelgan.

“Ikki kun oldin qishloqdagi yigitlar suvdan oʻlik boʻgʻma ilonni topishdi, uning uzunligi 3 metr, eni - 15-20 santimetr boʻlgan. Ehtimol, Oʻzbekistonda kimdir ilonlar boqadi, ulardan biri nobud boʻlganida esa, uni kanalga tashlab yuborgan”, - dedi veterinar.
Ilonni tutgan shaxslar izoh berishdan bosh tortgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.