Tramp AQSh qo‘shinlarining Suriya va Afg‘onistonga qaytishi mumkinligini aytdi

Tramp AQSh qo‘shinlarining Suriya va Afg‘onistonga qaytishi mumkinligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp, zarurat yuzaga kelsa, Amerika qo‘shinlarini Suriya va Afg‘onistonga qaytarishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u CBS telekanaliga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

Uning so‘zlariga qaraganda, Amerika qo‘shinlari Suriya va Afg‘onistondan chiqarilgandan so‘ng AQSh ularni «tezda qaytarishi» mumkin, chunki ixtiyorida «juda tezkor samolyotlar» va «juda yaxshi yuk samolyotlari»ga ega. Tramp Qo‘shma Shtatlar qanday vaziyatda Yaqin Sharqqa qaytishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, Amerika yetakchisi Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilgandan keyin mamlakatda AQSh razvedkasini qoldiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.