Poroshenko prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjat topshirdi

Poroshenko prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjat topshirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjat topshirdi. Bu ma’lumotni uning matbuot kotibi Svyatoslav Segolko tasdiqladi.
\"Ushbu bayramona kunda Pyotr Poroshenko prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirdi\", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

Poroshenko ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surishini Kiyevda o‘tayotgan “Krutdan Bryusselgacha” forumida ma’lum qilgandi.
Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.