Habib Nurmagomedov Trampga savol bermoqchi

Habib Nurmagomedov Trampga savol bermoqchi
Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov AQSh prezidentiga uning otasi va murabbiysiga AQSh vizasini berilmaganligi holati yuzasidan savol bermoqchi.

Nurmagomedov o‘tgan yilning oktyabr oyida Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik unvonini himoya qildi.
Ushbu jangda sportchining otasi Abdumanop Nurmagomedov ishtirok eta olmadi. Chunki unga AQSh vizasi berilmadi.

“Ha, menda unga (Tramp) savol bor – otam uchun viza masalasida. Buni telefon orqali hal qilsa ham bo‘lardi”, - dedi Nurmagomedov \"Match TV\" telekanali efir chog‘ida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.