“O‘zing ahmoq”: Quvaytda to‘ydan so‘ng 3 daqiqa o‘tib, kelin-kuyov ajrashdi

“O‘zing ahmoq”: Quvaytda to‘ydan so‘ng 3 daqiqa o‘tib, kelin-kuyov ajrashdi
Quvaytda endigina oila qurgan kelin-kuyov nikohning bir necha daqiqasidan so‘ng ajrashishdi. Bu haqda Sputnik nashri xabar qildi.

To‘y marosimidan keyin kelin qoqinib ketadi. Kuyov tushmagur esa qizning ustidan kulib, ahmoq deb ataydi. Kelin bunga chiday olmay, yig‘lab yuboradi va bir necha daqiqalik umr yo‘ldoshidan ajrashishni talab qiladi. To‘y nishonlangan joyning o‘zidayoq, ajrashishga qaror qilishadi.

Juftlik nikohda rasmiy ravishda atiga uch daqiqada bo‘lishadi. Mazkur juftlikning ushbu nikohi mamlakat tarixidagi eng qisqa nikoh sifatida qayd etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.