Amerikaliklar Montana shtatini Kanadaga 1 trillion dollarga sotmoqchi

Amerikaliklar Montana shtatini Kanadaga 1 trillion dollarga sotmoqchi
AQShda Amerika davlat qarzini qisqartirish uchun Kanadaga Montana shtatini sotib yuborishga chaqiruvchi petitsiya paydo bo‘ldi. Bu haqda The New York Post\'ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, sotish tashabbuskori Yan Xammond sanaladi, u hududning bir qismini 1 trillion dollarga sotib yuborishni taklif qildi.
«Bizda juda ko‘p qarzlar bor, Montana esa foyda keltirmayapti», - deyiladi petitsiyaning sahifasida.
Aniqlik kiritilishicha, hozirgi vaqtda taklif «juda katta e’tiborni o‘ziga jalb qildi», 12 mingdan ziyod amerikalik uni qo‘llab-quvvatlashi haqida bildirgan. Mamlakat hukumati bunday sotuvni taqiqlaydigan chora-tadbirlar ustida ishlashni boshladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.