Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi
25 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:34 da (Grinvich bo‘yicha soat 02:42da) Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lgan, deya xabar beradi FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Zilzila koordinatalari 41,33 gradus shimoliy kenglik, 68,89 gradus sharqiy uzunlikni tashkil qilgan. Zilzila magnitudasi M=3,4 teng, chuqurligi h=15 kilometr.
Zilzilaning Toshkentgacha bo‘lgan masofasi 28 kilometr shimoliy yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib, O‘zbekiston hududida sezilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.