Jahonning eng "sog‘lom" mamlakatlari nomi ma’lum qilindi (foto)

Jahonning eng "sog‘lom" mamlakatlari nomi ma’lum qilindi (foto)
Blumberg agentligi mamlakatlarning aholi salomatligi bo‘yicha reytingini tuzdi. Ispaniya o‘tgan yilgi reytingga nisbatan besh pog‘ona yuqorilab, ro‘yxat yetakchisiga aylandi. Undan keyingi o‘rinni o‘tgan yili yetakchi bo‘lgan Italiya egalladi.
Yuqori o‘nlikka shuningdek, Islandiya, Yaponiya, Shveysariya, Shvetsiya, Avstraliya, Singapur, Norvegiya va Isroil kirdi.
Reyting Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMT aholishunoslik bo‘limi va Jahon banki statistikasi asosida tuzilgan.
Jahonning eng "sog‘lom" mamlakatlari nomi ma’lum qilindi (foto)
Mamlakatlarning reytingdagi o‘rnini belgilashda umr davomiyligi, sanitar va ekologik vaziyat, aholining tibbiy yordam, toza suv bilan ta’minlanganligi, chekuvchi va chekmaydiganlar soni hamda semirishdan aziyat chekayotgan aholi kabi omillar hisobga olingan.
Jahonning eng "sog‘lom" mamlakatlari nomi ma’lum qilindi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.