Nohaq qatl qilingan xitoylikning qarindoshlariga 322 ming dollar tovon puli to‘landi


Xitoy sudi nohaq qatlga hukm qilingani ayon bo‘lgan yosh xitoylikning qarindoshlariga ma’naviy zararni qoplash uchun 322 ming dollar miqdoridagi tovon puli to‘lanishi haqida qaror chiqardi. Bu haqida “Sinxua” agentligi\'ga asoslanib Kun.uz xabar beradi.
1996 yilda Xitoyda Xugjit ismli 18 yoshli yigit zo‘ravonlik va qotillikda ayblanib, o‘limga buyurilgan edi.
Endilikda, advokatlar bu begunoh yigitni oqlashga muvaffaq bo‘lishdi va uning ota-onasi Li Shanren hamda Shang Ayyun uchun hukumatdan 322 ming dollar miqdoridagi tovon pulini undirib berishdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













