Sayyoramizning eng mitti davlatlari (foto)

Sayyoramizning eng mitti davlatlari (foto)
Yer yuzidagi mamlakatlar maydonining katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Albatta, jahon arenasida katta davlatlar iqtisodiy rivojlanishi jihatidan oʻz oʻrniga ega. Ammo kichik maydonli mamlakatlar oʻzining boy tarixi, soʻlim tabiati va turistik salohiyati bilan doimo sayyohlar eʼtiborida.

World Atlas onlayn portalida eʼlon qilingan dunyoning eng kichik davlatlari top 10 talik natijalariga koʻra, maydoni 0.44 kvadrat kilometr hududni egallagan, aholisi 1 000 kishidan iborat Vatikan shahar-davlati dunyoning eng kichik davlati, deb qayd etildi.
Sayyoramizning eng mitti davlatlari (foto)
Fransiya bilan chegaradosh boʻlgan, maydoni 20 kvadrat kilometr hududni tashkil etgan Monako davlati reytingni ikkinchi pogʻonasini egallagan. Aholisi 39 ming kishidan iborat boʻlgan ushbu davlatda turizm mamlakatning asosiy daromad manbai hisoblanadi.
Sayyoramizning eng mitti davlatlari (foto)
Tinch okeanida joylashgan Nauru orol-davlati hududiy maydoni 21 kvadrat kilometrni tashkil etadi. 10 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan ushbu davlatda atrof-muhitning ifloslanish darajasi yildan-yilga ortib bormoqda.
Sayyoramizning eng mitti davlatlari (foto)
Shuningdek, dunyoning eng kichik davlatlari qatoridan Tuvalu (25 kv.km), San-Marino (61 kv.km), Lixtenshteyn (160 kv.km), Marshal orollari (181 kv. km), Maldiv Respublikasi (300 kv.km), Malta Respublikasi (316 kv.km), Grenada (348 kv.km) davlatlari oʻrin olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.