Hindiston Yerning sunʼiy yoʻldoshini urib tushirdi (foto)

Hindiston Yerning sunʼiy yoʻldoshini urib tushirdi (foto)
Hindiston Yer yaqinidagi past orbitada joylashgan kosmik apparatni muvaffaqiyatli urib tushirib, sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolga ega dunyodagi toʻrtinchi davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi xalqqa murojaatida maʼlum qildi. Uning chiqishi NDTV tomonidan taqdim etilgan.
Hindiston Yerning sunʼiy yoʻldoshini urib tushirdi (foto)
Foto: AFP/Narendra Modi
“Hindiston AQSH, Rossiya va Xitoy kabi mamlakatlardan soʻng, kosmik qurolga ega qudratli davlatlar safiga kirdi. Bizning sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolimiz Yer yaqinidagi past orbitada apparatni muvaffaqiyatli urib tushirdi”, - dedi amaldor.

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, 300 kilometr balandlikda joylashgan sunʼiy yoʻldoshni yoʻq qilish, Hindiston Kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiradi) tomonidan yaratilgan raketa uchirilganidan soʻng “uch daqiqadan kamroq” vaqt ichida sodir boʻlgan.

Modining qayd etishicha, sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurol sinovlari hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmagan va amaldagi xalqaro qonunlarga zid kelmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.