Astraxanda mahbusga shokolad konfet bilan birga kutilmagan sovgʻa hadya etishdi

Astraxanda mahbusga shokolad konfet bilan birga kutilmagan sovgʻa hadya etishdi
Bu mahbusning eng sevimli sovgʻasi hisoblanardi. Ogʻaynilari Astraxandagi №6- koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahbusga shokolad konfet olib kelishgandi.

Turma xodimlari shokolad konfetlarni tekshirib koʻrish jarayonida oq rangli kukunsifat narsa berkitilganini payqab qolishdi. Bu, shubhasiz, geroin edi. Narkotikning sof vazni 1,15 grammga teng ekan. Zudlik bilan ekspertizaga joʻnatishdi.

Tez fursatda ekspertiza ham bu narkotik modda ekanini tasdiqladi. Shokolad konfetlarni “kutilmagan sovgʻa” bilan birga olib kelgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.