Britni Spirs ruhiy kasalxonaga yotqizildi

Britni Spirs ruhiy kasalxonaga yotqizildi
Foto: Grammy.com
Amerikalik pop-yulduz ruhiy kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi «Daryo.uz».
Xabarda aytilishicha, bu uning otasining kasalligidan tushkunlikka tushgani bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, qo‘shiqchi kasalxonaga bir hafta oldin yotqizilgan va u yerda bir oydan ortiq vaqt davomida bo‘ladi.

Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilgan Britni Spirsning ruhiy salomatligi 2007 yilda turmish o‘rtogi Kevin Federlay bilan ajrashganidan so‘ng yomonlashgan. O‘sha vaqtda qo‘shiqchi sochini kalga olib, narkologik klinikada biro y davomida davolangan.

2008 yilda esa u bir muddat UCLA tibbiyot markazining psixiatriya bo‘limiga yotqizilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.