Nepalda samolyot va vertolyot to‘qnashib ketdi

Nepalda samolyot va vertolyot to‘qnashib ketdi
Nepaldagi Lukla aeroportida Summit Air kompaniyasi samolyoti vertolyot bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Xinhua axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
To‘qnashuv 14 aprel ertalab yuz bergan. Shuningdek, bir necha kishi jarohat olgan.

Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bort raqami 9N-AMH bo‘lgan samolyot Manang Air kompaniyasining aeroport turargohida turgan vertolyotiga kelib urilgan. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.