Zelenskiyning uyi yaqinida pulemyot o‘rnatilgan mashina ushlandi (video)

Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Zelenskiyning uyi yaqinida politsiya xodimlari tomonidan “Toyota-Prado” avtomobilida pistirmada o‘tirgan uch noma’lum shaxs ushlandi. Bu haqda oliy rada deputati Anton Gerashchenko feysbukda ma’lum qilgan.
Ushlanganlar yo‘ltanlamasning orqa qismini o‘t ochish uchun moslashtirishgan – ular o‘rindiqlarni olib tashlab, ular yonidan topilgan yirik kalibrli pulemyot uchun tayanch vazifasini o‘tagan moslamani o‘rnatishgan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilar o‘z “o‘ljasini” “Perlina Іtalії” kottej posyolkasiga olib boruvchi yo‘l yonida o‘rmonda kutib o‘tirishgan. Zelenskiyning uyi aynan shu posyolkada joylashgan.
“Qurollangan guruh” ushlangani haqida Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ham xabar qilgan. Biroq uning versiyasiga ko‘ra, ushlanganlar lvovlik jinoiy avtoritetga suiqasd qilmoqchi bo‘lishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Опубликовано Антоном Геращенко Понедельник, 15 апреля 2019 г.
Ushlanganlar yo‘ltanlamasning orqa qismini o‘t ochish uchun moslashtirishgan – ular o‘rindiqlarni olib tashlab, ular yonidan topilgan yirik kalibrli pulemyot uchun tayanch vazifasini o‘tagan moslamani o‘rnatishgan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilar o‘z “o‘ljasini” “Perlina Іtalії” kottej posyolkasiga olib boruvchi yo‘l yonida o‘rmonda kutib o‘tirishgan. Zelenskiyning uyi aynan shu posyolkada joylashgan.
“Qurollangan guruh” ushlangani haqida Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ham xabar qilgan. Biroq uning versiyasiga ko‘ra, ushlanganlar lvovlik jinoiy avtoritetga suiqasd qilmoqchi bo‘lishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













