Poroshenko AQShdan daxlsiz qolishiga kafolat oldi

Poroshenko AQShdan daxlsiz qolishiga kafolat oldi
AQSh Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoga daxlsiz qolishi kafolatini berdi. Bu haqda Vashingtondagi manbalarga iqtibos keltirgan holda “Strana.ua” nashri xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, AQSh Ukraina prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiy jamoasiga “Poroshenkoga tegmaslikni” uqtirgan.

Saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, Zelenskiy 72,87 foiz ovoz to‘plagan, Poroshenkoni esa 24,8 foiz saylovchi qo‘llab-quvvatlagan. Poroshenko mag‘lubiyatini tan olib, Zelenskiyni g‘alaba bilan tabriklagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.