Volodimir Zelenskiy — yangi prezident Facebook’dagi ismini ukrainchasiga o‘zgartirdi

Volodimir Zelenskiy — yangi prezident Facebook’dagi ismini ukrainchasiga o‘zgartirdi
Ukrainaning saylangan yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ismini o‘zgartirdi va endi unga ukraincha Volodimir Zelenskiy deb yozilgan.

Zelenskiyning matbuot kotibi Irina Pobedenossevaning ta’kidlashicha, bu tashabbus siyosatchining o‘zidan emas, balki uning obunachilaridan chiqqan.
Volodimir Zelenskiy — yangi prezident Facebook’dagi ismini ukrainchasiga o‘zgartirdi
«Biz obunachilarimizdan ismning o‘zgartirilishi haqida taklif oldik va unga javob berdik. Bundan tashqari, uning prezident sifatidagi yangi mavqei hisobga olinsa, bu o‘rinli hamdir», deb aytgan Pobedenosseva.

Uning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqdagi sahifa Zelenskiyning shaxsiy sahifasi bo‘lib, yaqinda uning «Volodimir Zelenskiy Prezident Ukraїni» deb nomlanadigan yangi sahifasi yuritila boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.