Rossiyada o‘zbekistonlik oila bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi (foto)

Rossiyada o‘zbekistonlik oila bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi (foto)
Foto: «Nuz.uz»
27 aprel kuni Rossiyaning Rtishevo tumanida yetti nafar o‘zbekistonlik YTHga uchragan, deya xabar beradi «Daryo».
Davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan Lada Largus avtomobili tuman markazidan 45 kilometr uzoqlikdagi Rtishevo—Tambov avtomobil yo‘lida ag‘darilib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sababli sodir bo‘lgan. Oqibatda avtomobil yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Rossiyada o‘zbekistonlik oila bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi (foto)
Foto: «Nuz.uz»
Hodisa joyiga yetib borgan Saratov viloyati qutqaruv xizmati barcha yo‘lovchilar va haydovchi tirik qolganligini xabar qilgan. Yo‘lovchilardan faqat bir nafari jiddiy jabrlangan, uning qo‘li singan va bel sohasiga zarar yetgan. Ayni damda jabrlangan fuqaro kasalxonaga yotqizilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.