Ronaldu dunyoning eng qimmat avtomobilini sotib oldi (foto)

Ronaldu dunyoning eng qimmat avtomobilini sotib oldi (foto)
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Bugatti kompaniyasining La Voiture Noire avtomobilini sotib oldi.
Ronaldu dunyoning eng qimmat avtomobilini sotib oldi (foto)
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, dvigatelining quvvati 1500 ot kuchiga ega bo‘lgan va 420 km/s tezlikni qayd eta oladigan bu mashina uchun futbolchi 11 million yevro to‘lagan.
Ronaldu dunyoning eng qimmat avtomobilini sotib oldi (foto)
Qayd qilish joizki, Ronaldu avtomobil ruliga bu yaqin orada o‘tirolmaydi, chunki muhandislar uni sozlash ishlarini 2021 yilda tugatadilar.
Ronaldu dunyoning eng qimmat avtomobilini sotib oldi (foto)
34 yoshli Ronaldu 2018 yil yozidan beri «Yuventus» sharafini himoya qilmoqda. Uning maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil qiladi. Bu mavsumda futbolchi A Seriyada 28ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.