Xitoyni 2018 yilda eng ko‘p millioner tark etdi

Xitoyni 2018 yilda eng ko‘p millioner tark etdi
2018 yilda Xitoyni 15 ming nafar dollardagi millioner tark etdi. Bunday ma’lumotlar New World Wealth konsalting kompaniyasining Global Wealth Migration Review tadqiqotida keltirilgan.

Rossiya bu borada 2-o‘rinni egallagan. Uni 7 ming millioner tark etgan. 3-o‘rinni Hindiston egallagan, u yerdan bir yil ichida 5 ming millioner ko‘chib ketgan. 4- va 5-o‘rinlarni Turkiya (4 ming millioner) va Fransiya (3 ming) egallagan.

Millionerlar aksariyat Avstraliyaga emigratsiya qiladilar. Bu yerga bir yil ichida 12 ming nafar millioner ko‘chib o‘tgan. Bu borada 2-o‘rinni AQSh (10 ming millioner), 3-o‘rinni Kanada (4 ming) egallagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.