Samarada 8 yoshli bolakay yong‘indan qutulib qoldi (video)

Samarada 8 yoshli bolakay yong‘indan qutulib qoldi (video)
Samaradagi o‘n qavatli turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Darakchi.uz nashri.

Yong‘in shu binoda istiqomat qiluvchi oilaning farzandi maktabdan kelgan payt sodir bo‘lgan. Uning ota-onasi hali ishdan qaytishmagan edi. Yong‘in sabablari esa noma’lum.

Yong‘in butun kvartirani egallay boshlagach, bolakay derazani ochib, sovutkich ustiga chiqib olishga majbur bo‘ladi.
Voqea joyiga 11 ta yong‘inni o‘chirish mashinalari yetib keladi.

Eshik buzib kirilgach, qutqaruvchilardan biri shoshilinch ravishda bolakayni xavfsiz yerga olib chiqadi. O‘sha zahoti bolakay shifoxonaga jo‘natiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.