Epchil to‘ng‘iz yettita arslonni dog‘da qoldirdi (video)

Epchil to‘ng‘iz yettita arslonni dog‘da qoldirdi (video)
Janubiy Afrikaning Kryuger milliy parkida epchil to‘ng‘iz yettita arslonni dog‘da qoldirdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Qurib qolgan daryo bo‘yida yettita asrlon go‘yo o‘lja poylaganday alang-jalang qilib turishardi. Shu dam o‘zanga bir to‘ng‘iz yaqinlashadi. U chanqog‘ini qondirish uchun daryo labiga yaqin keladi.

To‘ng‘iz xavfni sezgach, qochishga tushadi va o‘zi tomon yugurib kelayotgan arslonlar orasidan chaqqonlik bilan o‘tib ketdi va ulardan qutulishga muyassar bo‘ldi. Arslonlar esa “qo‘llarini yuvib, qo‘ltiqlariga artishdi”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.