Yoqqan qor tufayli Chimyon tog‘lari atrofidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga keldi

2015 yilning ilk kunlarida – 2 yanvar kuni yog‘ishni boshlagan qor tufayli Chimyon tog‘lari atrofidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga keldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi turli guruhlar a’zolariga asoslanib, “Daryo.uz” ma’lum qildi.

Yoqqan qor tufayli Chimyon tog‘lari atrofidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga keldi

Yoqqan qor tufayli Chimyon tog‘lari atrofidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga keldi

Jumladan, Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga foydalanuvchilardan biri tomonidan tirbandlikka kirish qismi (avtomobillar zanjirining oxiri) aks etgan fotosurat joylashtirilgan. Guruh a’zolari tomonidan olib borilgan qizg‘in muhokamalarda shunday sharoitda ham qoidalarni buzayotgan, tor yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlangan haydovchilar tanqid ostiga olingan. Shuningdek, ko‘plab avtomobillarda qishki shinalar yo‘qligi ham qayd etilgan.

Yoqqan qor tufayli Chimyon tog‘lari atrofidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga keldi

Yoqqan qor tufayli Chimyon tog‘lari atrofidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga keldi

Yoqqan qor tufayli Chimyon tog‘lari atrofidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga keldi

Mashinalar asosan yo‘l chetidagi to‘siqlarga urilib ketib, kichik avariyalar sodir etayotgani qayd etilgan. Shu bilan birga, qorli ob-havo tufayli odamlarning kayfiyati yaxshi ekanligi va yo‘lda haydovchilar turli muammolarni echishda bir-biriga ko‘maklashayotgani e’tirof etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.