Saakashvili Poroshenkodan nega xafaligini so‘zlab berdi

Saakashvili Poroshenkodan nega xafaligini so‘zlab berdi
Gurjistonning sobiq prezidenti, Ukraining Odessa oblasti gubernatorligi sobiq rahbari 1+1 telekanali efirida eks prezident Petro Poroshenkoda yumor hissi yo‘q deb hisoblashi va undan juda xafaligini ta’kidlab o‘tgan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Men Poroshenkodan xafaman. Chunki u bilan o‘rtamizda shaxsiy munosabatlar bor edi va u menga juda ko‘p narsalarni va’da qilgan edi: vakolatlar, moliyalashtirish, Odessa – Reni yo‘lini tuzatish, ma’muriy xizmatlar markazi, ochiq bojxona hududi, yangi insonlar, qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va h.k. U menga yolg‘on gapirgan ekan», — degan Saakashvili.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Poroshenkoning siyosatlari komplekslardan jabr ko‘rgan. «U meni «siz»lashga majbur qildi, chunki u prezident emish. Men esa butun umr uni «sen»laganman. Bu hol odamda kompleks borligini bildiradi», — deb qayd etgan Odessaning sobiq gubernatori.

Jurnalistlarning Poroshenkoda yumor hissi bormi, deb bergan savollariga Saakashvili «Yo‘q» deb javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Vladimir Zelenskiy Saakashviliga u 2017 yilda mahrum etilgan Ukraina fuqaroligini qaytarib bergan. Siyosatchi Kiyevga qaytib, ukrainaliklarga yangi mamlakat qurishda yordam berishini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.