Xitoyda 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi


Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Xeylunszyan viloyatida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.
Er osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 12:22 da (Toshkent vaqti bilan 09:22) qayd qilingan. Zilzila markazi Mudanszyan okrugining Linkou uezdida, Xitoyning Rossiya bilan chegarasi yaqinida bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 580 km er ostida joylashgan.
Avvalroq AQSh Geologik xizmati zilzila kuchi 5,7 ni tashkil qilganini ma’lum qilgandi. Vayronagarchiliklar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













