Poroshenko Ukraina bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Poroshenko Ukraina bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko parlamentga muddatidan oldin saylovlarda uning \"Yevropeyskaya solidarnost\" partiyasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bosh vazir bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Poroshenko aprelda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatidan so‘ng siyosatdan ketmasligini aytgandi. Uning \"Blok Petra Poroshenko\" partiyasi oliy radaga muddatidan oldin saylovlar oldidan o‘z nomini \"Yevropeyskaya solidarnost\" deb o‘zgartirdi.

Ukraina parlamentiga navbatdagi saylovlar oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.