Kiyevning xalqaro nomi oʻzgaradi

Kiyevning xalqaro nomi oʻzgaradi
Foto: “Bbqboy.net”
Ukraina poytaxti xalqaro tillarda “Kiev” oʻrniga “Kyiv” deb yoziladi. Kecha, 12-iyun kuni AQSH Geografik nomlar boʻyicha kengashi ushbu qarorni qabul qildi.

Ukrainaning AQSHdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berishicha, geografik kengashga ushbu taklifni Vashingtondagi ukrain elchisi Valeriy Chaliy kiritgan.

“Oʻta muhim bu qaror Ukraina poytaxti rasmiy nomining AQSH tashqarisida ham tuzatilishiga turtki boʻladi”, — deyiladi elchixona xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.