Yaponiyada ko‘p maqsadli UH-1 vertolyoti halokatga uchradi (video)

Yaponiyada ko‘p maqsadli UH-1 vertolyoti halokatga uchradi (video)
Yaponiyaning ko‘p maqsadli UH-1 vertolyoti Tokio perfekturasi g‘arbida joylashgan Tatikava harbiy aerodromiga qo‘nayotganida halokatga uchradi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Qayd etilishicha, vertolyot bortida ikki kishi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.

Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vertolyot tayyorgarlikdan o‘tkazilayotgan bo‘lgan va ma’lum masofa uchganidan so‘ng qo‘nishi kerak bo‘lgan. Vertolyot yerga urilganida dum qismi singan. Hozirda mutaxassislar hodisa tafsilotlari va sabablarini o‘rganmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.