Yaponiyada temir yo‘l bir nafar o‘quvchi uchun ishlamoqda


Xitoy OAVlariga asoslanib uz24.uz nashri xabar berishicha, mamlakatning Xokkaydo orolidagi Kami-Sirataki temir yo‘l stansiyasi bir nafar yo‘lovchi uchun ishlamoqda.
Uch yil avval ushbu temir yo‘l harakati to‘xtatilgan edi. Biroq Kami-Sirataki stansiyasida maktabga o‘qishga qatnaydigan o‘quvchi yashashi ma’lum bo‘lgach, temiryo‘lchilar faoliyatini qisman yo‘lga qo‘yishga qaror qilishdi.
Poezdlar ushbu stansiyada o‘quvchi qizning dars jadvaliga qarab, kunda ikki marta turli vaqtda to‘xtaydi.
2016 yilning mart oyida qizning o‘qishi yakunlanadi. Shundan so‘ng temir yo‘l harakati ham butunlay to‘xtatiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













