Ukrainaliklar dunyodagi eng chiroyli millat deya topildi

Ukrainaliklar dunyodagi eng chiroyli millat deya topildi
Foto: Depositphotos
Big 7 Travel sayti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ukrainaliklar dunyodagi eng chiroyli millat deya topildi, deb xabar beradi Forum Daily\'ga tayanib Daryo nashri.

Mila Kunis va Mila Yovovich kabi Gollivud aktrisalarning vatani bo‘lgan Ukraina dunyoning eng chiroyli millatlari reytingida birinchilikni egalladi. Ikkinchi o‘rinni daniyaliklar egallagan bo‘lsa, filippinliklarga uchinchi pog‘ona nasib etdi.

Ro‘yxatning oxiridan — 50-o‘rinni irlandiyalariklar, 45-o‘rinni amerikaliklar egalladi.

So‘rovnoma Big 7 Travel kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi. Unda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi 1,5 million obunachisi ichidan tanlab olingan 8,5 ming respondent ishtirok etdi.

Rossiyaliklar esa ro‘yxatning 33-pog‘onasidan o‘rin oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.