Neft narxining pasayishi natijasida rubl yana qadrsizlandi


Jahon bozorida neft narxi so‘nggi 5 yildagi eng arzon darajaga tushishi oqibatida Rossiya rublining keskin qadrsizlanishi kuzatilmoqda, Bu haqda «Vesti Ekonomika»ga asoslanib «Daryo» nashri .
Dollar kursi 5 yanvar kungi savdo ochilishida 58,95 rublni tashkil etgan bo‘lsa (avvalgi kundan 2,95 rublga qimmatroq), evro 71,80 rublga teng bo‘lgan (avvalgi kungidan 3,2 rublga ko‘p). Ikki valyutali savatdagi narx 3,06 rublga oshib, 64,76 rublni tashkil etgan.
Tahlilchilar ushbu holatni neft narxining pasayishiga bog‘lamoqda. London birjasida Brent neftining bir barreli narxi 55,54 dollargacha tushgani qayd etilgan. Shuningdek, bu evro kursi pasayishiga ham olib kelayotgani ta’kidlangan.
Foto: vestifinance.ru / daryo
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













