Qozog‘istonlik bolakay Ronaldu bilan suratga tushdi

Qozog‘istonlik bolakay Ronaldu bilan suratga tushdi
21 iyul, yakshanba kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasidagi «Yuventus»—«Tottenhem» uchrashuvida «byankonerlar» zaxira o‘rindig‘ida qozog‘istonlik yosh muxlis paydo bo‘ldi. Bu haqda AZR Organization’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Qozog‘istonlik bolakay Ronaldu bilan suratga tushdi
Foto: Twitter/@AzrOrganization

Bolakay o‘yin vaqtida «keksa sinora» hujumchisi Krishtianu Ronaldu oldiga yugurib bordi va u bilan suratga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu uni qolgan futbolchilar bilan birgalikda «Yuventus» zaxira o‘rindig‘ida o‘yinni tomosha qilishga taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuvda Turin klubi «Tottenhem»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ronaldu 60-daqiqada gol urdi, biroq ko‘p o‘tmay zaxiraga olindi. Uning o‘rniga Mateus Pereyra o‘yinni davom ettirdi.

«Shporlar»ning g‘alaba goliga hujumchi Harri Keyn 90-daqiqada mualliflik qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.