Las-Vegasga chigirtkalar galasi yopirildi (video)

Las-Vegasga chigirtkalar galasi yopirildi (video)
AQShning Las-Vegas shahriga chigirtkalar galasi yopirildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri NBC telekanaliga asoslanib.

Telekanal namoyish etgan videolavhada chigirtkalar yo‘laklarni gilamdek qoplab olgani, chiroqlar atrofida uchib yurgani ko‘zga tashanadi. Ular kunduzi unchalik faol emas, kechqurun esa atrofni bosib ketmoqda, deb xabar berdi telekanal.

Entomolog Jeff Naytning so‘zlariga ko‘ra, chigirtkalarning shaharga yopirilishiga ob-havo sabab bo‘lgan.

Olimning aytishicha, chigirtkalar shaharda va umuman Nevada shtati shimolida bir necha hafta bo‘ladi, so‘ngra hasharotlar shimol tomon siljishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.