Kiyev "yirik partiyada" Amerika qurolini sotib olmoqchi

Kiyev "yirik partiyada" Amerika qurolini sotib olmoqchi
Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy Kiyev hukumati Vashingtondan \"yirik partiyada\" qurol sotib olish bo‘yicha shartnoma ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda \"Ukrinform\"ga asosan Kun.uz xabar bermoqda.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv shu yildayoq amalga oshishi mumkin.

Chaliy shuningdek, AQSh Ukrainaning strategik hamkori ekanligini qayd etdi. Uning aytishicha, keyingi to‘rt yilda Kiyev hukumati olgan harbiy-texnik yordamning 92 foizi Vashington hissasiga to‘g‘ri keladi.

Vashington 2017 yilda Kiyevga qurol yetkazib berishni ma’qullagandi. Bundan tashqari, Amerika hukumati Ukrainaga kemalarga qarshi raketalar va sohil qo‘riqlash vositalari sotilishiga ruxsat bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.