Poroshenko davlat tomonidan ajratilgan qo‘riqchilardan voz kechdi

Poroshenko davlat tomonidan ajratilgan qo‘riqchilardan voz kechdi
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko davlat tomonidan ajratilgan qo‘riqchilardan voz kechdi va oilasi bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi \"Ukrainskaya pravda\" nashriga asoslanib Kun.uz nashri.

Nashrning xabariga ko‘ra, Poroshenko davlat qo‘riqchilaridan voz kechishi to‘g‘risida ariza yozgan. Ammo qancha vaqtga voz kechishi aytilmagan. Ukraina qonunchiligiga muvofiq, sobiq prezidentlarga bir umrga davlat tomonidan qo‘riqchilar ajratiladi.

Xabarda aytilishicha, Poroshenko avvalroq dam olish uchun xorijga ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

2019 yil bahorida Ukrainada prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. 20 may kuni saylovda g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiyning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.