102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi (foto)

102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi (foto)
Foto: Thai News
Tailandning 102 yoshli fuqarosi Haj amalini ado qilish uchun Saudiya Arabistoniga bordi, deb xabar beradi Thai News\'ga tayanib Kun.uz nashri.
No Lanai ismli ayol o‘z o‘g‘li bilan farz amalini bajarish uchun Makka shahriga yetib borgan. Ayni paytda u yoshi eng ulug‘ hoji ona hisoblanadi.

Sog‘lig‘i joyida bo‘lishiga qaramay, No Lanai nogironlik aravachasida harakatlanmoqda. U Haj amalini ado qilish uchun kuch-quvvatini asrayapti.
Muslima ayol anchadan buyon Hajga borishga harakat qilgani, ammo har safar rejalari turli sabablarga ko‘ra o‘zgarib qolgani haqida gapirib berdi.
102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi (foto)
Foto: Thai News
No Lanai Haj amalini ado qilish nafaqat ma’naviy, balki jismoniy tomondan ham tayyorgarlik ko‘rgan, turli mashg‘ulotlarni bajargan.
102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi (foto)
Foto: Thai News
Eslatib o‘tamiz, bu yil musulmonlar Haj amalini 9-14 avgust kunlari bajaradilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.