BAA prezidenti Qurbon hayiti munosabati bilan 650dan ortiq mahkumni afv etdi

BAA prezidenti Qurbon hayiti munosabati bilan 650dan ortiq mahkumni afv etdi
BAA prezidenti shayx Xalifa bin Zayd Ol Nahayon yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan 650dan ortiq mahkumni afv etdi deb yozadi WAM agentligiga tayanib Kun.uz nashri.

Agentlikning ma’lum qilishicha, turli moddalar bilan jazoga tortilgan 669 kishi amnistiyaga tushgan. BAA prezidenti shuningdek, ularning qarz va jarimalarini to‘lab beradi.

Bu yil BAAda Qurbon hayiti 11 avgust kuni nishonlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.