AQShda boshiga televizor kiygan noma’lum shaxs uylarga televizor tashlab ketmoqda (video)

AQShda boshiga televizor kiygan noma’lum shaxs uylarga televizor tashlab ketmoqda (video)
AQShning Virjiniya shtatining Enriko okrugida uy ostonalariga televizor qo‘yib ketayotgan noma’lum shaxs videoga olindi. Tjournal’ning yozishicha, uning o‘zi ham boshiga televizor kiyib olgan.
AQShda boshiga televizor kiygan noma’lum shaxs uylarga televizor tashlab ketmoqda (video)
Foto: WTVR

Qariyb 50 ta uy egalari ostonada televizor topib olgan. Ular noma’lum shaxsni «televizion Santa-Klaus» deb atagan. Shunday holat 1 yil avval — 2018 yilning avgustida qo‘shni okrugda ham sodir bo‘lgan. Unda qariyb 20 ta uy ostonasiga televizor tashlab ketilgan.

Mahalliy aholi buni zerikkan maktab o‘quvchilarining hazili deb qabul qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.