Dimash Kudaybergen «Osiyoning eng chiroyli yuzi» tanlovida qatnashmoqda

Dimash Kudaybergen «Osiyoning eng chiroyli yuzi» tanlovida qatnashmoqda
Qozog‘istonlik mashhur qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen nomzodi TC Candler sayti ekspertlari tomonidan xalqaro go‘zallik tanlovida «Osiyoning eng chiroyli yuzi» yo‘nalishida ilgari surildi, deb yozadi Daryo.

«Osiyoning eng chiroyli yuzi» yo‘nalishida tanlovning boshqa ishtirokchilari orasida Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Isroil va Hindiston vakillari, shu jumladan, aktyor Jeki Chan va aktrisa Karina Kapur ham bor.

Tanlov haqida 5 avgust kuni e’lon qilingan. Foydalanuvchilardan o‘zlariga yoqqan nomzod fotosuratiga layk bosish va postga izoh yozish talab etiladi. Dimashga uch mingdan ortiq ovoz berilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.