Dog‘istonlik jarrohlar rekord o‘rnatishdi

Dog‘istonlik jarrohlar rekord o‘rnatishdi
Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi, Xasavyurt shahri markaziy shifoxonasining jarrohlari bir kunda o‘tkazilgan operatsiyalar soni bo‘yicha Rossiya rekordini o‘rnatishdi. Bu haqda RIA «Dagestan»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Yurak – qon tomirlari jarrohlari Xachatur Kurginyan va Sobir Aydayev 8 soat ichida varikoz kasalligiga chalingan 53 nafar bemorda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan. Ularning barchasi muvaffaqiyatli chiqqan.
Dog‘istonlik jarrohlar rekord o‘rnatishdi
Dog‘istonlik jarrohlar rekord o‘rnatishdi
Bemorlar orasida Dog‘iston Respublikasi aholisi bilan birga, qo‘shni Checheniston va Ingushetiya Respublikasidan kelganlar ham bo‘lgan.
Jarrohlarning natijasi Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Kotenko tomonidan qayd qilindi. U jarrohlik xonasida kuni bilan jarayonni kuzatib bordi. Yakunda jarrohlarga rekord qayd qilingani haqida sertifikat topshirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.