Tramp “Yevropaning boshiga ham Xitoyning kuni tushishi mumkinligi” bilan tahdid qildi

Tramp “Yevropaning boshiga ham Xitoyning kuni tushishi mumkinligi” bilan tahdid qildi
Foto: REUTERS/Jonathan Ernst
Yevropa AQSh bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarda Xitoy duch kelayotgan muammolarga to‘qnash kelishi mumkin, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
\"Yevropa eng proteksion siyosat o‘tkazuvchilar orasida. Ular navbatdagi bizmi deb o‘tirishibdi. Balki shundaydir!\", - deb yozdi u o‘z tvitterida.

Uning qayd etishicha, \"Tramp Xitoyga nisbatan qilayotgan ishlar dunyoning boshqa davlatlariga ham qilinishi mumkin\".
\"Biz qoidalarni o‘zgartirishimiz shart. AQSh butun dunyoni himoya qilib, yana pul ham to‘lay olmaydi\", - deb qo‘shib qo‘ydi Amerika rahbari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.